Salomatlik

JSST grippni davolash bo‘yicha yangi tavsiyalarni eʼlon qildi

Yo‘riqnoma, avvalo, tibbiyot muassasalari uchun mo‘ljallangan.

JSST grippni davolash bo‘yicha yangi tavsiyalarni eʼlon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti grippga qarshi kurash bo‘yicha yangi qo‘llanmani ishlab chiqdi. Ushbu tavsiyalar tashkilot rasmiy saytida eʼlon qilindi.

 

Yangilangan yo‘riqnoma, avvalo, gripp bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, u epidemiya va pandemiyalarga tayyorgarlik borasida tegishli idoralar uchun maʼlumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.

 

Qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha har yili taxminan 1 milliard kishi mavsumiy grippga chalinadi. Ulardan 3-5 million nafarida kasallik og‘ir kechadi. Xastalik oqibatida yiliga 650 ming nafargacha bemor hayotdan ko‘z yummoqda.

 

Qo‘llanmada qayd etilishicha, agar xastalik yengil kechayotgan bemorlarda grippning og‘ir shakllari rivojlanish ehtimoli bo‘lsa, mutaxassislar baloksavir buyurishni tavsiya qiladi. Agar bunday xavf darajasi past bo‘lsa, preparatni qo‘llash maqsadga muvofiq emas.

 

Grippning yengil shakllariga chalinganlarga laninamivir, oseltamivir, peramivir, zanamivir, favipiravir va umifenovirdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Qolaversa, bunday holatda antibiotiklar qabul qilish ham to‘g‘ri emas.

 

Kasallikning og‘ir bosqichida oseltamivirdan foydalanish samarali. Biroq peramivir va zanamivir bilan davolanish buyurilmaydi. Agar bemorlarda boshqa bakterial infeksiyalar rivojlanish xavfi past bo‘lsa, ularga makrolidlar buyurilmasligi, plazma terapiyasi o‘tkazilmasligi zarur.

 

Agar gripp tufayli shifoxonaga yotqizilish xavfi juda yuqori bo‘lsa, oseltamivirni profilaktika vositasi sifatida qo‘llash mumkin. Lekin bunday vaziyatda laninamivir va zanamivirni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

JSST grippni davolash bo‘yicha yangi tavsiyalarni eʼlon qildi | Zamon.uz