Salomatlik

Asalari zahrida saratonga qarshi modda topildi

Olimlar yangi tadqiqot natijalarini eʼlon qildi.

Asalari zahrida saratonga qarshi modda topildi

G‘arbiy Avstraliya universiteti va Harri Perkins instituti olimlari asalari zahridagi melittin peptidi saraton hujayralarini yo‘q qilishga qodirligini aniqladi.

 

Olimlar G‘arbiy Avstraliyaning Pert shahridan, shuningdek, Irlandiya va Angliyadan olib kelingan 312 ta asalari va tukli arilarning zahrini o‘rganish davomida melittin moddasining noyob saratonga qarshi xususiyatlarini kashf etdi. Ushbu peptid sut bezi saratoniga chalingan sichqonlarga yuborilganda, tadqiqotchilar uning g‘oyat kuchli ekanini aniqladi — melittin saraton hujayralarining membranalarini atigi 60 daqiqa ichida parchalay olgan.

 

Hayvon organizmiga yuborilganidan keyin 20 daqiqa ichida melittin saraton hujayralarining o‘sishi va bo‘linishi uchun zarur bo‘lgan kimyoviy signallarni bostirish qobiliyatini namoyon etgan.

 

Bundan tashqari, tadqiqotchilar melittin moddasi dotsetaksel singari kimyoterapiya dorilar bilan birgalikda qo‘llanganda ko‘krak bezi saratonining jiddiy turlarini davolashda samarali bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalardan maʼlum bo‘lishicha, melittin va dotsetaksel kombinatsiyasi o‘smalarning o‘sishini sezilarli darajada sekinlashtiradi.

 

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Asalari zahrida saratonga qarshi modda topildi | Zamon.uz