O'zbekiston

Shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ozishga yordam beradimi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ozishga yordam beradimi?

Odatda ortiqcha vazn va semizlikdan, qolaversa, shu bilan bog‘liq qator kasalliklardan aziyat chekuvchilarga shakar hamda shirinliklardan tiyilish tavsiya etiladi.

 

Ammo so‘nggi paytlarda odamlar orasida shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ozishga yordam beradi, sog‘lik uchun ham xavfsiz, degan qarash paydo bo‘ldi. Xo‘sh, bu qanchalik haqiqatga mos?

 

— Bilamizki, kunlik shakar isteʼmoli meʼyori 25-30 grammga teng, — deydi mutaxassis. — Bundan ortig‘i semirish va xavfli kasalliklar rivojlanishiga olib keladi. Shu sababli baʼzilar shakar o‘rnini bosuvchi sunʼiy qo‘shimchalardan foydalanish xavfsiz, deb o‘ylaydi.

 

Aslida, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarga shirin taʼm bag‘ishlashda qo‘llaniladigan saxarin, aspartam, kaliy atsesulfam, sukraloza, neotam, advantam, steviya va uning hosilalari dastlab tana vaznini kamaytirsa-da, ammo ushbu jarayon uzoq davom etmaydi.

 

Aksincha, bunday mahsulotlarning odatiy isteʼmoli bora-bora semirishga olib keladi. Oqibatda insonlarda 2-toifa qandli diabet rivojlanish xavfi oshadi.

 

Chunki shakar o‘rnini bosuvchi moddalar shunchaki tanani “aldash”ga xizmat qiladi. Bu jarayonda og‘iz bo‘shlig‘i va ichakdagi retseptorlar shirin taʼmni sezadi hamda oshqozon osti bezi refleksli ravishda avval odatlangan hajmda insulin ishlab chiqaradi.

 

Hosil bo‘lgan insulin hatto oz miqdorda bo‘lsa ham, qondagi glyukoza darajasini pasaytiradi va shu bilan ochlik hissi bosiladi. Ammo buni miya to‘liq his etmagani bois ishtaha oshadi. Oqibatda vazn ortishi jarayoni yuz beradi.

 

O‘z navbatida, JSST tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bunday moddalardan tez-tez foydalanuvchilarda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimoli 32 foiz (jumladan, insult — 19 foiz, gipertoniya —13 foiz) yuqori. O‘z navbatida, mazkur omil o‘lim xavfi 10 foiz ortishiga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, shakar o‘rnini bosuvchi sunʼiy moddalar ichak mikroflorasiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, disbakteriozni keltirib chiqaradi. Oqsillar, vitaminlar va mikroelementlarning organizmga so‘rilishiga to‘siq bo‘ladi hamda immunitetni susaytiradi. Baʼzan bosh og‘rig‘i, allergik reaksiyalarni ham yuzaga keltirishi mumkin.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ozishga yordam beradimi? | Zamon.uz