Salomatlik

Chilim chekishning salomatlikka zararlari qanday?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Chilim chekishning salomatlikka zararlari qanday?

Bugun har bir yoshu keksa chekish – zararli odat ekanligi va salomatlikka salbiy taʼsir ko‘rsatishidan yaxshi xabardor. Biroq shunga qaramay, so‘nggi paytlarda yoshlar orasida chilim chekish tobora ommalashib bormoqda.

 

Afsuski, bu odatga ruju qo‘ygan aksariyat yigit-qizlar uni salomatlik uchun mutlaqo zararsiz deb o‘ylaydi. Biroq olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot xulosalariga ko‘ra, chilim sog‘lik uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Xo‘sh, uning zarari nimada? Chilim tarkibida qanday moddalar mavjud?

 

— Chilim – tamaki hamda tarkibida tamaki bo‘lmagan mahsulotlarning tutashi yoki qizdirilishi natijasida hosil bo‘ladigan tutunni nafas orqali yutishga mo‘ljallangan moslama bo‘lib, aerozol (bug‘) yoki tutun suyuqlik solingan idish orqali (chilim suvdonidan) o‘tadi, — deydi mutaxassis.

 

— Afsuski, so‘nggi paytlarda butun dunyoda bo‘lgani kabi yurtimizda ham bu illatga ruju qo‘yganlar soni ortib bormoqda. vaholanki, u narkomaniyaning yengil ko‘rinishi bo‘lib, insonda nikotinga kuchli qaramlikni keltirib chiqaradi.

 

Qolaversa, chilimning zarari sigareta chekishdan aslo kam emas. Uning tutuni tarkibida kanserogen moddalar (nitrozaminlar, politsiklik aromatik uglevodorodlar, uchuvchan aldegidlar, jumladan, formaldegid va benzol) hamda azot oksidi va og‘ir metallar kabi zaharli moddalar mavjud.

 

Shuningdek, chilim ko‘miri yoqilganda ko‘p miqdorda uglerod oksidi (is gazi) va kanserogenlar ajralib chiqadi. Ushbu zaharli moddalar chekuvchilarda yurak va o‘pka kasalliklari hamda saraton xastaliklarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, oddiy tamaki chekuvchilarga qaraganda chilim chekuvchilar zaharli is gazi taʼsirida ko‘proq bo‘ladilar.

 

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida bu illatga qaram bo‘lganlarda yurak urishi, qon bosimining oshishi va boshqa xavfli o‘tkir yurak-tomir taʼsirlari, o‘pka funksiyasi buzilishlari va yallig‘lanishlari, fiziologik himoyaning pasayishi, is gazi taʼsiridan hushdan ketish va o‘tkir zaharlanishlar kuzatilishi aniqlangan.

 

Ushbu zararli odat uzoq muddatli asoratlar qoldirishi bilan ham xavfli bo‘lib, olib borilgan kuzatuvlar davomida chilim chekish bilan o‘pka saratoni, tish bog‘lamlarining buzilishi, tishlarning barvaqt to‘kilishi hamda kam vaznli bola tug‘ilishi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligi maʼlum bo‘ldi.

 

Qolaversa, u og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach, oshqozon va siydik pufagi saratoni, o‘pka surunkali obstruktiv kasalliklari, insult, surunkali rinit, erkaklar bepushtligi, meʼda-qizilo‘ngach reflyuksi va ruhiy buzilishlarga ham sabab bo‘ladi.

 

Shunday ekan, har bir inson bu illatdan uzoq bo‘lishi, farzandlarni esa chilim chekishning zararli taʼsirlaridan himoya qilish zarur.

 

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Chilim chekishning salomatlikka zararlari qanday? | Zamon.uz