Lifestyle

“Garri Potter” filmi yulduzi Meggi Smit vafot etdi

Bu haqida uning farzandlari maʼlum qildi.

“Garri Potter” filmi yulduzi Meggi Smit vafot etdi

Barchaga “Garri Potter” franshizasi orqali tanish bo‘lgan aktrisa Meggi Smit 89 yoshida vafot etdi. Bu haqida “The Guardian” nashri ijodkorning farzandlarining bayonotiga asoslanib xabar berdi.

 

Maggi Smit 1934 yil 28 dekabrda Londonning Ilford tumanida tug‘ilgan. Aktrisa faoliyati davomida 90 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan. Shuningdek Meggi Smit ikki karra “Oskar” mukofotining sohibasi hisoblanadi. 

 

2015 yilda ekranlarga chiqqan “Furgondagi xonim” komedik filmi aktrisaning faoliyatidagi so‘ngi kartinasi bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"