Jizzaxda Kamaz butunlay yonib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 27-sentyabr kuni soat 13:50 larda G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Samarqandlik haydovchi Kamaz rusumli transport vositasini “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida avtomashinaning dvigatel qismida qisqa tutashuv yuzaga kelib, yong‘in chiqqan.
Hodisa tufayli yuk avtomashinasi to‘liq yongan. Yong‘in oqibatida haydovchi va boshqa shaxslarga tan jarohati yetmagan.







