Salomatlik

Bolalar uchun ingalyatsiya: Ota-onalar nimalarni bilishi zarur?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Bolalar uchun ingalyatsiya: Ota-onalar nimalarni bilishi zarur?

Maʼlumki, kuz faslida havo harorati pasayib, inson organizmi sovuq kunlarga moslashib boradi. Bu jarayon aksariyat hollarda salomatlikka salbiy taʼsir qilishi aniq. Oqibatda turli virus va bakteriyalar taʼsirida gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar ko‘payadi.

 

Ayniqsa, bu paytda bolalarning nafas yo‘llari yuqumli kasalliklariga chalinish ko‘rsatkichlari yilning boshqa davrlariga nisbatan birmuncha ortishi barchaga maʼlum.

 

Aytish lozimki, bunday holatda ko‘pchilik ota-onalar farzandlarini uy sharoitida ingalyatsiya orqali davolashga harakat qiladi. Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri? Mazkur muolaja usulining afzalliklari nimada? U qachon va kimlarga tavsiya etilmaydi?

 

— Ingalyatsiya – nafas yo‘llariga dorilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborish usuli bo‘lib, bolalar uchun xavfsiz va samarali hisoblanadi, — deydi mutaxassis. — Uni, asosan, nafas yo‘llari kasalliklari, bronxit, astma, tonzillit va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI) davrida qo‘llash mumkin.

 

Mazkur davolash usulining afzalligi shundaki, ingalyatsiya yo‘li bilan qilinadigan malham bemorga tez taʼsir ko‘rsatadi. Sababi u orqali dori moddalari bevosita hujayralarga yetib borib, xastalik alomatlari yengillashadi.

 

Ingalyatsiyaning turlari har xil. Ulardan baʼzilari shifokor tavsiyasi bilan amalga oshirilsa, boshqalari uy sharoitida qo‘llanilishi mumkin.

 

Xususan, nebulayzer zamonaviy qurilma bo‘lib, dorini aerozol ko‘rinishiga keltiradi. U bolalar uchun eng xavfsiz va maqbul vosita hisoblanadi. Uning foydasi shundaki, dorilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nafas yo‘llariga tushib, tez taʼsir ko‘rsatadi. Nebulayzerga shifokor tavsiyasi asosida berilgan maxsus dori vositalarini qo‘shish mumkin.

 

Bug‘li ingalyatsiya esa odatda sho‘r va dorivor moddalar qo‘shilgan suv yordamida ishlatiladi. U o‘smir bolalar uchun samarali hisoblansa-da, kichik yoshdagi bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash talab etiladi.

 

Shuningdek, aerozolli ingalyatsiya maxsus flakonlarda tarqatiluvchi dorilar bilan amalga oshirilib, astma va allergik reaksiyalar uchun ishlatiladi.

 

Unutmaslik kerakki, baʼzi bemorlarga ingalyatsiya qilish tavsiya etilmaydi. Jumladan, tana harorati 38°S va undan yuqori bo‘lganda, o‘pka yoki yurak faoliyatining og‘ir buzilishi paytida uni qo‘llash mumkin emas.

 

Ingalyatsiya uchun dorilar shifokor tomonidan aniqlangan kasalliklarga muvofiq tanlanadi.

 

Unutmang, ingalyatsiyadan o‘zboshimchalik bilan foydalanish turli ko‘ngilsiz holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois uni qo‘llashdan avval, albatta, shifokor bilan maslahatlashing.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"