Salomatlik

Nima uchun o‘z vaqtida nonushta qilish muhim?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Nima uchun o‘z vaqtida nonushta qilish muhim?

Inson salomatligi aksariyat hollarda isteʼmol qilinadigan mahsulotlarga bog‘liq. Ammo baʼzida ishimiz ko‘pligini vaj qilib, vaqtni tejash uchun nonushtadan voz kechamiz. Keyin kasalliklardan tortib, to semirishgacha bo‘lgan muvozanatsiz ovqatlanish oqibatlariga duch kelamiz.

 

Nonushtaning organizm uchun muhim ekanining bir qancha sabablari mavjud.

 

1. Nonushta ozuqa moddalari zahirasini to‘ldiradi. Biz uxlayotganimizda tana ishlashda davom etadi va kun davomida olingan ozuqa moddalarini sarflaydi. Shuning uchun, ertalab ularning zahirasini to‘ldirib olish zarur.

 

2. Nonushta chiroyli qomatga erishishning bir yo‘li. Ertalabki tanavvul nafaqat kun davomida kuch-quvvat bilan taʼminlaydi, balki tushlik va kechki ovqatning kaloriya miqdorini kamaytirishga ham yordam beradi. Yaʼni nonushta qilmagan inson keyingi tanavvul vaqtlarida ko‘proq taom yeyish ehtimoli yuqori.

 

3. Nonushta oshqozon shilliq qavatining holatini yaxshilaydi. Oshqozonda muntazam ravishda xlorid kislotasi ishlab chiqariladi va tunda u ko‘p miqdorda to‘planadi. Agar uyg‘ongandan keyin oshqozonga hech narsa tushmasa, u holda o‘zining shilliq qavatini sarflaydi. Bu og‘riq, ko‘ngil aynishi kabi qator noxush oqibatlarga olib keladi. Bundan tashqari, safro ichak motorikasining tabiiy stimulyatori ekanligini va uning turg‘unlashuvi og‘irlik, ich qotishi va dam bo‘lishiga sabab bo‘lishini unutmaslik kerak.

 

4. Nonushta moddalar almashinuvini ishga tushiradi. Tana kun davomida oziq-ovqatlarni yaxshi qabul qilishi uchun uglevodlarga boy bo‘lgan dastlabki taom qabuli kerak. Bu esa nonushta davomida amalga oshiriladi. Shundan so‘ng organizmda moddalar almashinuvi to‘g‘ri boshlanadi. Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, muntazam ravishda nonushta qiladigan odamlarning metabolizmi undan voz kechganlarning metabolizmiga qaraganda 5-6 foiz tezroq.

 

5. Ertalabki tanavvul yurak faoliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Garvard tibbiyot maktabi olimlarining taʼkidlashicha, nonushta qilmaydigan odamlar yo‘l-yo‘lakay yog‘ va shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni isteʼmol qilib, yetishmayotgan energiyaning o‘rnini to‘ldirishga urinishadi. Zararli xolesterinning to‘planishi esa metabolizmni sekinlashtiradi, qon bosimi va yurakkka tushadigan yukni oshiradi.

 

Demak, nonushtaga befarq munosabatda bo‘lish yaxshilikka olib kelmaydi. Gastroenterolog va diyetologlarning fikriga ko‘ra, muvozanatli nonushta sog‘lom turmush tarzining muhim tarkibiy qismidir. Har kuni nonushta qilsangiz, nafaqat vazningiz normallashadi, balki sog‘lig‘ingiz ham yaxshilanishiga erishasiz.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Nima uchun o‘z vaqtida nonushta qilish muhim? | Zamon.uz