O'zbekiston

Prezident Pedagogik mahorat milliy institutiga bordi

Davlat rahbari yangi qulaylik va imkoniyatlar bilan tanishdi.

Prezident Pedagogik mahorat milliy institutiga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-sentyabr kuni Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurib, yangilangan sharoitlar bilan tanishdi.

 

Har bir rivojlangan mamlakat kabi O‘zbekiston ham o‘z taraqqiyotini taʼlimga asoslanib qurmoqda. Bu sohada chuqur islohotlar, katta-katta dasturlar amalga oshirilmoqda. Bunda eng muhim bo‘g‘in, yoshlar siyosatining poydevori – boshlang‘ich va umumiy taʼlimdir.

 

Yurtimizda 37 mingdan ziyod bolalar bog‘chasi, 10 mingdan ortiq maktab bor. Joylarda yana yangilari qurilmoqda. Lekin bu maqsadning bir qismi. Eng asosiy masala – taʼlim sifati.

 

Shu bois pedagog va mutaxassislar malakasi doimiy oshirib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21 iyunda qabul qilingan maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishga doir qarori bu tizimni yangi bosqichga ko‘tardi.

 

Jumladan, shu sohadagi institut A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga aylantirildi. Mavjud majmua kapital taʼmirlanib, ikkita qo‘shimcha bino qurildi, barchasi zamonaviy jihozlandi. Tinglovchilar o‘rni ham, yo‘nalishlar ham ko‘paydi. Eng muhimi, malaka tizimi mazmunan boyidi.

 

Institut bundan 90 yil oldin, 1934 yilda ochilgan. Shunga bag‘ishlab, bu yerda muzey tashkil etilgan. Unda jadid bobolarimizning ilmga eʼtibori, Abdulla Avloniy asos solgan maorif tizimi, o‘sha davrdagi darsliklar va sahna asarlari, umumiy taʼlimning rivojlanish bosqichlari aks etgan. Sunʼiy intellekt yordamida maʼrifatparvar jadidlar qiyofasi gavdalantirilgan. Shu yerda qariyb 88 ming kitob fondiga ega kutubxona ham bor. Davlatimiz rahbari ushbu muzey va kutubxonani ko‘zdan kechirdi.

 

Muassasada malaka oshirish va qayta tayyorlashning anʼanaviy, muqobil hamda dual shakllari, shu jumladan sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida o‘qitish joriy etilgan. Situatsion o‘quv xonasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi pedagogik mahorat markazlari bilan videoaloqa orqali ulangan. Uzluksiz kasbiy taʼlim, menejerlik o‘quv kurslari, pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifasini berish, maktabgacha va maktab taʼlimini boshqarish kabi dasturiy platformalar joriy etilgan. Bu hududlardagi direktor va o‘qituvchilarni yangi pedagogik texnologiya va uslublarga tezkor o‘qitish imkonini beradi.

 

Bugungi kunda maktab direktori nafaqat tajribali pedagog, balki yaxshi boshqaruvchi, maʼlum maʼnoda strateg ham bo‘lishi kerak. Institut o‘quv dasturida bunga katta eʼtibor qaratilib, direktorlar maktabi tashkil etilgan.

 

Inklyuziv taʼlim va psixolog xonalarida shu yo‘nalishda ishlaydigan defektolog va tarbiyachilar malakasi oshiriladi. Media studiyada videodarslar tasvirga olinadi. Shuningdek, institutda konferensiya zali, kompyuter va seminar xonalari, oshxona va sharoitlar bor.

 

Maʼlumki, bugun mamlakatimizda aniq va tabiiy fanlarga alohida ahamiyat qaratilib, maktablar zamonaviy jihoz va o‘quv qo‘llanmalari bilan taʼminlanmoqda. Bu o‘qituvchilardan shunga moslashishni, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni talab qiladi. “STEM” laboratoriyasi pedagoglarni shu borada qayta tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qiladi.

 

Zamonaviy taʼlim talabidan kelib chiqib, institutda o‘qish soatlari ko‘paytirildi. O‘qituvchilarga munosib sharoit yaratish maqsadida yotoqxona zamonaviy taʼmirlanib, o‘rinlar soni oshirildi.

 

Prezidentimiz ushbu xonalarda bo‘lib, yangi qulaylik va imkoniyatlar bilan tanishdi.

 

– Bu institut kutib o‘tiruvchi emas, targ‘ibotchi, yetakchi bo‘lishi kerak. Hududlardagi o‘qituvchi va direktorlarni ko‘proq taklif etib, barcha maktablarda sifatni oshirish zarur. Yangi zamon kishisi, kelajagimiz bunyodkorlari maktabda tarbiyalanadi. Taʼlimsiz kelajak yo‘q, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Bu yerda dars beradigan o‘qituvchi va murabbiylarni xorijda o‘qitish, dunyodagi ilg‘or tajribalarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Joriy yilning o‘tgan davrida institutda 4 ming 300 nafarga yaqin taʼlim muassasalari rahbarlari malaka oshirdi. Shuningdek, 2 ming nafarga yaqin direktor va direktorlikka nomzodlar menejerlik kurslarida o‘qitildi. “Uzluksiz kasbiy taʼlim” platformasi orqali darslarda 113 ming nafardan ortiq pedagoglar qatnashdi.

 

Singapur xalqaro taʼlim tashkiloti tomonidan 100 nafar maktab direktori, 200 nafar matematika va tabiiy fanlar o‘qituvchisi qayta tayyorlandi. Institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi ham ish boshladi.

 

Umuman, mamlakatimizda maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar, pedagog hamda mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning uzluksiz tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 2025 yildan boshlab ular besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshiradi. Bundan tashqari, umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati” hamda “Kasbiy rivojlanish kuni” joriy etiladi. Prezident maktablarida to‘plangan ilg‘or tajribalar uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi orqali umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga keng tatbiq qilinadi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident Pedagogik mahorat milliy institutiga bordi | Zamon.uz