O'zbekiston

Xolesterin – insult va infarktning sababchisimi?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Xolesterin – insult va infarktning sababchisimi?

Ko‘pchilik katta yoshli insonlar hayotda bir marta bo‘lsa-da, shifokordan “qoningizda xolesterin miqdori oshgan” degan so‘zni eshitgan. Xo‘sh, xolesterin o‘zi nima? Uning organizmga qanday zarari bor? Foydasichi?

 

— Xolesterin — tananing meʼyoriy faoliyati uchun zarur bo‘lgan lipid (yog‘) hisoblanadi, — deydi mutaxassis. — Uning 80 foizga yaqini organizmning o‘zida ishlab chiqarilsa, qolgan 20 foizi tanaga tashqaridan oziq-ovqat bilan kiradi.

 

Bu modda gormonlar ishlab chiqarish, hujayra devorlari mustahkamligini taʼminlash, D vitamini va safro kislotalari sintezida ishtirok etish hamda miyada xotiraga taʼsir qiluvchi aloqalarning shakllanishida qatnashadi.

 

Shuningdek, hujayra membranalarida uglevodorodlarning kristallanishiga yo‘l qo‘ymaydi va yog‘da eruvchi vitaminlar (A, D, E, F, K)ning organizmga kirishi uchun zarur manba hisoblanadi.

 

Biroq, baʼzida organizmdagi turli to‘qimalar va aksariyat qon tomir devorlarini xolesterin qatlamlari qoplab oladi. Bu esa salomatlikda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.

 

Xolesterin odatda ikki asosiy turga ajratiladi: yaʼni xalq tilida “yomon” va “yaxshi” deb ataladigan past va yuqori zichlikdagi lipoproteinlardir.

 

Past zichlikdagi lipoproteinlar butun organizmda aylanib, uning yuqori darajasi “yomon xolesterin” deyiladi. U stenokardiya, yurak toj tomirlari kasallanishi, insult va infarkt kabi jiddiy xastaliklarning sababi bo‘lgan ateroskleroz rivojlanish xavfini oshiradi.

 

Ikkinchi tur – yuqori zichlikdagi lipoproteidlar esa “yaxshi xolesterin” hisoblanib, uning yuqori konsentratsiyasi, aksincha, avval sanab o‘tilgan kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi. Qayd etish kerak, har ikki turdagi xolesterin ham organizm uchun juda zarur va asosiy nuqta ularning nisbatiga bog‘liq.

 

Ammo, qonda uning miqdori ortishi noxush alomat hisoblanadi. Buni esa ko‘krak qafasiga og‘riq va siqilish, harakat paytida oyoqlarda og‘riq, yurak sohasida noxushliklar, ko‘z atrofida sarg‘ish dog‘lar paydo bo‘lishi va yurak yetishmovchiligiga xos belgilar orqali bilish mumkin.

 

Agar organizmda xolesterinni pasaytirish choralari ko‘rilmasa, bora-bora aksariyat qon tomirlari devorlarida uning pilakchalari yuzaga keladi.

 

Ko‘pchilik tanada uning miqdori ko‘payish sabablari bilan qiziqadi. Bu, eng avvalo, noto‘g‘ri ovqatlanish, ayniqsa, taomlar tarkibida yog‘ning ko‘p miqdorda bo‘lishi bilan bog‘liq. Shuningdek, kamharakatlik, ortiqcha vazn, semizlik, tamaki chekish va spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish ham mazkur muammoni paydo qilishi mumkin.

 

Shu bois organizmga zarur bo‘lgan yuqori zichlikdagi xolesterin darajasini oshirish uchun kunlik ratsionda to‘yinmagan yog‘lar (yong‘oq, o‘simlik moylari, yog‘li dengiz baliqlari, avokado, zig‘ir urug‘i), kletchatkaga boy mahsulotlar (sabzavot, meva, makaron) bo‘lishi va sport bilan muntazam shug‘ullanish lozim.

 

Yomon xolesterinning meʼyorda bo‘lishi uchun esa kaloriyani oshirmaslik, shirinliklar va trans yog‘larga boy oziq-ovqatlarni ortiqcha isteʼmol qilmaslik maqsadga muvofiq.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Xolesterin – insult va infarktning sababchisimi? | Zamon.uz