Salomatlik

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga qanday qo‘shimcha ovqatlar berish mumkin?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga qanday qo‘shimcha ovqatlar berish mumkin?

— Chaqaloq olti oyga to‘lgach, shifokor tavsiyasi asosida unga ona sutidan tashqari bo‘tqa, sharbat va pyure ko‘rinishida qo‘shimcha ozuqalar berish mumkin. Sababi tez rivojlanayotgan murg‘ak organizmning ehtiyojlari ona suti bilan to‘la qoplanmaydi.

 

Go‘dakni qo‘shimcha taom bilan ona sutidan oldin oziqlantirish kerak. Bolaga bunday yegulik ikki hafta davomida berilgach, uchinchi haftadan bir martalik qo‘krak suti bilan ovqatlantirish o‘rniga almashtiriladi. Ular tarkibi sabzavot bo‘tqalaridan tashkil topgan bo‘lishi lozim.

 

Dastavval, bo‘tqa oz-ozdan (5-10 gramm) berib boriladi, keyinchalik kerakli miqdorga asta-sekin yetkaziladi. Shuni yodda tutish lozimki, bu yoshdagi go‘dakka bir paytning o‘zida ikkita qo‘shimcha taom berilmaydi. Bola birinchi qo‘shimcha ozuqaga ko‘nikkach, ikkinchisiga o‘tish mumkin.

 

Kichkintoy 7 oylik bo‘lgach, unga ikkinchi qo‘shimcha taom – bo‘tqalar (mannali, grechkali) berilib, 2 hafta ichida ikkinchi galdagi ona suti u bilan almashtiriladi. Ushbu davrda qaynatilgan tuxum sarig‘ining yarmini haftasiga ikki marta, keyin kunora berish mumkin.

 

Bola 8 oyga to‘lganda taomnomaga uchinchi qo‘shimcha yegulik sifatida qatiq va tvorog kiritiladi. Dastlab, qatiq oz-ozdan (5-10 gramm) berib boriladi, keyinchalik esa kerakli miqdorga asta-sekin yetkaziladi.

 

9-oydan boshlab non (pechenyelar), olmani bo‘lakcha shaklida berish mumkin.

 

10-oylikdan boshlab go‘sht qiymasidan tayyorlangan frikadelkalar;

 

12-oylikdan – bug‘da pishgan kotletlar beriladi.

 

Bolaga choy berish maqsadga muvofiq emas. Uning o‘rniga meva sharbati, qaynatilgan suv ichiriladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga qanday qo‘shimcha ovqatlar berish mumkin? | Zamon.uz