Sunʼiy intellekt dunyo davlatlarini hayratlantirmoqda
Eng ijobiy munosabatlarni Osiyo va Janubiy Amerika aholisida kuzatish mumkin.

Yevropa mamlakatlari esa sunʼiy intellektga kamroq ishtiyoq bildirishadi.
Tailand sunʼiy intellektdan “hayratlanish” borasida yetakchi o‘rinda (bu salbiy kontekstda emas), mamlakat aholisi sunʼiy intellekt yordamida ishning yaxshilanishini, shuningdek, odamlarning sunʼiy intellekt bilan almashish ehtimolini kutishmoqda.
Shvetsiya, Belgiya va Irlandiya davlatlarida eng kam entuziazm (istak) kuzatiladi, bu yerda odamlar SI tufayli kundalik hayotda sezilarli o‘zgarishlarni sezmaydilar.
Avstraliya sunʼiy intellektdan xavotirlanishda yetakchilik qilmoqda: avstraliyaliklar sunʼiy intellektning afzalliklariga shubha bilan qarashadi va maxfiylik masalalaridan xavotir bildirishadi.
Sunʼiy intellektga nisbatan munosabatga odamlarning SI mahsulotlari va xizmatlari haqidagi shaxsiy bilimlarini baholashlari taʼsir ko‘rsatadi.
Xabardorlik darajasi past mamlakatlarda odamlar SIni bir oz tajanglik bilan qabul qilishsa, xabardorligi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda foydalanuvchilar ko‘proq entuziazmni namoyish etishadi.







