Salomatlik

Qarishni sekinlashtirish uchun qanday ovqatlanish kerak?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Qarishni sekinlashtirish uchun qanday ovqatlanish kerak?

Ovqatlanish ratsionini tuzishga jiddiy eʼtibor berish orqali qarilik va u bilan bog‘liq noxush oqibatlarni, masalan, ajin tushishini ancha kechiktirish mumkin. Bunda nafaqat mahsulotlar tanlovi, balki ularni qanday tanavvul qilishni ham bilish muhim.

 

Quyida qarishni sekinlashtirish uchun ovqatlanishning asosiy qoidalarini keltirib o‘tamiz.

 

Tabiiy va “haqiqiy” mahsulotlarni tanlang. Avvalo, ishlab chiqarish jarayonida vitamin va ozuqa moddalarining ko‘p qismi olib tashlangan, ammo toksinlar va yashirin shakar bilan to‘ldirilgan qayta ishlangan mahsulotlardan saqlaning. Yarim tayyor mahsulotlar o‘rniga qoramol, baliq, parranda go‘shti, sabzavot, meva va yong‘oqlarni sotib oling.

 

Taomni kamroq, ammo sekin tanavvul qiling. Kaloriyalarni cheklash hayotni uzaytirishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Sekin ovqatlanish ozuqa moddalarining yaxshiroq so‘rilishiga va yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beradi, shuningdek, immunitetni himoya qilish uchun juda muhim bo‘lgan ichak florasi muvozanatini ham taʼminlaydi.

 

Meva-sabzavotlar sog‘lom ovqatlanishning asosidir. Ular tanamizga qarishning baʼzi taʼsiriga qarshi kurashadigan prebiotik va antioksidantlarni yetkazib beradi. Garchi ko‘pchilik meva-sabzavotlarning afzalliklari haqida yaxshi bilsa-da, odatda dasturxonimizda bunday neʼmatlar yetarli bo‘lmaydi. Ularning o‘rniga ko‘proq stolimizda go‘sht yoki qayta ishlangan mahsulotlar turadi.

 

Ratsioningizda ko‘kat va ziravorlar ham bo‘lsin. Xushbo‘y ziravorlar antioksidant, ovqat hazm qilish, dezinfeksiyalash, glikatsiya hamda yallig‘lanishga qarshi kurashish va boshqa foydali xususiyatlarga ega. Ayniqsa zarchava (kurkuma), dolchin, rayhon, zanjabil, sarimsoq, bibariya (rozmarin), kashnich, kardamon, zira va xantal foydali. Ular nafaqat taomnomangizni xilma-xil qiladi, balki yoshlikni saqlashga yordam beradi.

 

Qoramol, baliq va parranda go‘shtini kamroq, lekin sifatlisini tanavvul qiling. Mustahkam salomatlik va tetiklik uchun har kilogramm vaznga atigi 0,8-1 gramm hayvon oqsili kerak. Umuman olganda, bu kuniga bir marta qoramol, baliq yoki parranda go‘shti yeyish degani. Asosiysi — tarkibida gormonlar va antibiotiklar bo‘lmagan sifatli mahsulotlarni topa olish. Qarishga qarshi parhezning asosiy ulushini o‘simlik mahsulotlari (sabzavotlar, donlar, yong‘oqlar) tashkil qilishi muhim, ularda ham oqsil mavjud.

 

Yosh ko‘rinish va o‘zingizni ancha baquvvat his qilish uchun nafaqat taomnomangizni muvozanatlashingiz, balki uyqu rejimini tartibga keltirishingiz, shuningdek, muntazam jismoniy faollikni ham odat qilishingiz zarur. Aks holda, hech qanday “yashartiruvchi olma” ish bermaydi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.