Ikkita kodeksga o‘zgartirish kiritildi
Qasddan badanga yengil shikast yetkazish huquqbuzarligi jinoiy jazo tarkibidan chiqarilmoqda.

Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, sog‘likning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq huquqbuzarlik jinoiy jazo tarkibidan chiqarilib, maʼmuriy javobgarlik tarkibiga kiritilmoqda.
Shuningdek, ushbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, BHMning 5 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.







