Salomatlik

Gripp: Kasallik kimlarda og‘ir o‘tishi mumkin?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Gripp: Kasallik kimlarda og‘ir o‘tishi mumkin?

Tadqiqotlarga ko‘ra, grippning yengil shakli bilan og‘rigan bemorlar organizmi taxminan yetti-o‘n kun ichida tiklanadi. Kasallikning o‘rta og‘ir bosqichida bu muddat o‘n-o‘n to‘rt, baʼzan 21 kungacha cho‘ziladi. Grippning og‘ir shaklidan to‘liq sog‘ayib, quvvatga kirish uchun esa 3 oy vaqt zarur.

 

Albatta, tiklanish muddati bemorning kasallik boshlanishidan avvalgi immuniteti holatiga bog‘liq.

 

Shu bois Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, yurtimizda grippni yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshdan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti tasdiqlangan.

 

Ushbu guruhga quyidagilar kiritilgan:

 

— homilador ayollar;

— 6 oylikdan katta bolalar va nafas olish organlari hamda yurak-qon tomir tizimlarining maʼlum surunkali kasalliklariga chalingan katta yoshlilar;

— 60 yoshdan oshgan shaxslar;

— 6 oylikdan 59 oylikkacha bo‘lgan bolalar;

— tibbiyot xodimlari;

— “Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironlar uchun “Saxovat” internat uylari, nogironlar hamda nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Gripp: Kasallik kimlarda og‘ir o‘tishi mumkin? | Zamon.uz