Salomatlik

Ofis xodimlari: Ularga qanday kasalliklar xavf soladi?

Agar ulardan o‘z vaqtida himoyalanmasa, salomatlikda jiddiy o‘zgarishlarni paydo qilishi mumkin.

Ofis xodimlari: Ularga qanday kasalliklar xavf soladi?

Maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda dunyo aholisi orasida suyak, tomir va bo‘g‘im xastaliklari soni keskin ortib bormoqda. Bunga esa asosan kamharakatlik va jismoniy faolikning yetishmasligi sabab bo‘lyapti.

 

Sir emas, bugun ko‘pchilik insonlar ish yoki o‘qish sababli asosiy vaqtini kompyuter qarshisida o‘tkazadi. Ularning nazdida tinch va osoyishta xonada xotirjam ishlash kasbiy xavf-xatarlardan xolidek tuyiladi.

 

Biroq bunday sharoitda mehnat qilishning ham o‘ziga yarasha muammolari yo‘q emas. Agar ulardan o‘z vaqtida himoyalanmasa, salomatlikda jiddiy o‘zgarishlarni paydo qilishi mumkin.

 

Xususan, aksariyat ofis xodimlari bosh og‘rig‘i, surunkali charchoq, ko‘z achishishi yoki qizarishi, bel va bo‘g‘im og‘riqlari, qorin dam bo‘lishi hamda oyoq uvishishi kabi muammolardan shikoyat qiladi. Ushbu holat zamonaviy tibbiyotda “ofis xodimi sindromi” deyiladi.

 

Albatta bu muammo o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Xususan, xizmat taqozosi bilan bir joyda o‘tirib ishlaydigan kishilar kamharakat bo‘lishadi. Bilamizki, jismoniy faollik sust bo‘lsa, tanada qon aylanishi meʼyorda kechmaydi. Oqibatda insonda ortiqcha vazn va semizlik kelib chiqadi.

 

Shuningdek, harakatsiz holatda (ko‘pincha engashib o‘tirish) uzoq vaqt o‘tirilganda bo‘g‘imlar “qotib” qoladi. Qon yetib kelishi to‘liq bajarilmagani bois oyoq uvishadi. Shu bilan birga, mazkur holat bavosil tugunlarining hosil bo‘lishi, kichik tos aʼzosi bezovtaliklari hamda vena qon tomirlarida varikoz kengayishiga olib keladi.

 

Bundan tashqari, uzoq vaqt bir joyda va kompyuter qarshisida o‘tirib ishlash tufayli organizmda yana bir muammo – quruq ko‘zlar sindromi paydo bo‘ladi. Oqibatda ko‘z ichi qizarishi (achishish, yoshlanish) holati ko‘p kuzatiladi. Xo‘sh, bunday muammolardan xalos bo‘lish uchun qanday tavsiyalarga amal qilish zarur?

 

Avvalo, xonada stol, stul va kompyuterning to‘g‘ri joylashishiga eʼtibor berish kerak. Bel va bo‘yin og‘riqlarining oldini olish uchun kompyuter monitorini ko‘zning tekisligida o‘rnatish va stulning belga yordam beruvchi orqasi bo‘lishiga ahamiyat berish lozim.

 

Har bir ofis xodimi ish vaqti davomida (imkon qadar har bir-ikki soatda) 5-10 daqiqalik tanaffus qilishi maqsadga muvofiq. Bu paytda bir necha marotaba o‘tirib, turish, gavdani yon tomonga harakatlantirish, boshni soat mili bo‘ylab aylantirish, lift o‘rniga zinadan foydalanish tavsiya etiladi.

 

Bel og‘riqlaridan himoyalanishda kursi suyanchig‘iga maxsus ortopedik yostiq o‘rnatish maqsadga muvofiq. Hatto, bunday yostiqlar bavosil bilan og‘rigan kishilar uchun ham tavsiya etiladi.

 

Har ikki soatda bo‘yin mushaklari uchun mashq bajarilishi, bo‘yin osteoxondrozi profilaktikasi hisoblanadi. Ayniqsa, ensa va kurak sohasida og‘riq, uvishish kuzatilganida bunday mashqlar g‘oyat foydali.

 

Ofis xodimlarida tizza bo‘g‘imlarining bir xil bukilgan yoki yozilgan holatda ko‘p qolib ketishi oqibatida uning drenaj funksiyasi, oziqlanishi buziladi. Natijada artroz-bo‘g‘im kasalligi kelib chiqadi. Shu bois oyoqlar holatini almashtirib turish, o‘tirgan holda velosiped harakatlarini oldinga va orqaga bajarish, chuqur nafas chiqarib o‘tirish va chuqur nafas olgan holda turish mashqlarini bajarish kerak.

 

Kompyuterga uzoq vaqt qarash ko‘zlar charchashiga olib kelishi sababli ularni o‘ng, chap, tepa va pastga harakatlantirish, tez-tez yumib, ochish juda foydali. Muhimi, kompyuter qarshisida uzoq vaqt o‘tirmaslik, har 20 daqiqada 20 soniya 6 metr masofaga qarash ko‘zlar charchashining oldini oladi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"