Qo‘lda terilgan paxta narxi 2500 so‘m etib belgilandi
Ertadan yangi tartibda hisob-kitob qilinib, haq to‘lanadi.

Hukumat tomonidan bugundan boshlab qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun 2500 so‘mdan to‘lash belgilandi. Bu haqida Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Namangan viloyati Shavkat Abdurazzoqov ham dalada terimchilar bilan uchrashib, ertaga, 10 oktyabrdan boshlab 1 kg paxta uchun 2500 so‘mdan pul to‘lanishini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, bu narx aholi daromadlari oshishiga xizmat qiladi. Masalan, bir oiladan 4 kishi kuniga 400 kg paxta terib, 1 000 000 so‘m ishlab topsa, bu qolgan 20-25 kunlik terimda 20-25 mln oilaviy daromad degani.







