Salomatlik

JSST grippdan himoyalanish uchun 5 ta muhim tavsiya berdi

Hozirda tashkilot tomonidan targ‘ibot kampaniyasi boshlangan.

JSST grippdan himoyalanish uchun 5 ta muhim tavsiya berdi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge ko‘hna qitʼa va Markaziy Osiyoning 53 mamlakatida mavsumiy grippdan yiliga 72 mingga yaqin kishi vafot etayotganini maʼlum qildi.

 

“Ushbu o‘lim holatlarining aksariyatini oldini olish mumkin, — deydi u. — Buning uchun, eng avvalo, aholining immuniteti zaif qatlami xastalikka qarshi vaksinalar bilan “himoyalanishi” kerak”.

 

Qayd etilganidek, kuz-qish mavsumida gripp va koronavirusga chalinish xavfi ortadi. Ushbu kasalliklar katta yoshli kishilar, homilador ayollar va immuniteti zaif hamda surunkali kasalliklari bor odamlarda og‘ir asoratlar bilan o‘tishi mumkin.

 

Shu bois mazkur xavf guruhiga mansub qatlam bu davrda o‘z sog‘ligiga yana-da eʼtiborli bo‘lishlari lozim. Buning uchun JSST 5 ta eng asosiy ehtiyot chorasiga amal qilishni tavsiya qiladi.

 

Emlanish — mavsumiy respirator infeksiyalardan himoyalanishning eng maqbul yo‘li.

 

Gripp, O‘RVI, SOVID-19ga chalinganlar shifokorga murojaat qilishlari va imkon qadar uyda qolib davolanishlari zarur.

 

Jamoat joylarida niqob taqish — sizni xastalikni yuqtirishdan asraydi.

 

Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilib, qo‘llarning tozaligiga rioya qilish muhim.

 

Xonalarni tez-tez shamollatib turish tavsiya etiladi. Bu viruslarning ko‘payishi va keng tarqalishiga to‘siq bo‘ladi.

 

Doktor Xans Klyugening taʼkidlashicha, ana shunday holatlarni inobatga olib, bu yil JSST tomonidan “Sizga qanday xavf tahdid solayotganini o‘zingizdan ko‘ra hech kim yaxshiroq bilmaydi” shiori ostida targ‘ibot kampaniyasi eʼlon qilindi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.