O'zbekiston

Prezident standartlashtirish sohasidagi ishlar bilan tanishdi

O‘zbekistonda “Texnik tartibga solish” elektron platformasi ishga tushirilishi kutilmoqda.

Prezident standartlashtirish sohasidagi ishlar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 oktyabr kuni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi.

 

Mamlakatimizda ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha katta marralar belgilangan. Bunda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya masalalari muhim ahamiyatga ega. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 fevraldagi farmoniga asosan, sohadagi davlat boshqaruvi takomillashtirildi hamda yangi vazifalar qo‘yildi.

 

So‘nggi yillarda 12 mingta standart tasdiqlangan edi. Yil boshidan buyon yana 1 ming 40 ta xalqaro standart qabul qilindi. Mahsulot xavfsizligi va sifatini taʼminlash maqsadida 29 ta texnik reglament ishlab chiqildi. Bular sanoat korxonalari va tadbirkorlarga yetkazilib, sertifikatlar olishiga ko‘maklashilayapti.

 

Mutasaddilar sohada qilingan ishlar, yil yakunigacha va keyingi yilga mo‘ljallangan rejalar bo‘yicha axborot berdi.

 

Davlatimiz rahbari tashqi bozorlarga chiqish uchun samarali texnik tartibga solish tizimi shartligini taʼkidlab, qo‘shimcha vazifalarni belgilab berdi.

 

Bugungi kunda yurtimizdagi 269 ta laboratoriyadan atigi 64 tasida o‘tkazilgan sinovlar xalqaro darajada tan olinadi. Oqibatda tadbirkorlar mahsulotlarini eksportga olib chiqishda qo‘shimcha sinovlar o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda.

 

Shu bois xalqaro tan olinadigan laboratoriyalarni ko‘paytirish, elektr texnikasi, qurilish materiallari, mashinasozlik kabi sohalarda 10 ta yangi laboratoriya tashkil qilish zarurligi aytildi.

 

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish yo‘lidan bormoqda. Texnik tartibga solish sohasidagi qonunchilikni ushbu tashkilot talablariga moslashtirish muhimligi taʼkidlandi.

 

Bu yil 340 ta milliy standart, 2025 yil yakunigacha yana 38 ta reglament ishlab chiqiladi. 28 ta texnik qo‘mita, laboratoriyalar faoliyatini raqamlashtirish ham muhim. Buning uchun “Texnik tartibga solish” elektron platformasi ishga tushiriladi.

 

Sohada sifat va samarani taʼminlash uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, xalqaro standartlar asosida ishlaydigan mutaxassislar kerak. Shu bois sohada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.