O'zbekiston

Internetda firibgarlikning yangi turi paydo bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB ogohlantirish bilan chiqdi.

Internetda firibgarlikning yangi turi paydo bo‘ldi

Shu kunlarda firibgarlar tomonidan telegram messenjeri orqali yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilotlar rahbar hamda masʼul xodimlari nomidan soxta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda. 

 

Bu qanday sodir bo‘ladi?! Firibgarlar korxona yoki tashkilot rahbari nomidan telegram messenjerida soxta akkaunt ochib, qo‘l ostidagi ishchilardan biriga SMS yozadi. Muloqot davomida xodim bilan go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqayotgani va undan (rahbardan) baʼzi maʼlumotlarni so‘rashganini aytadi. Birozdan so‘ng unga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi aloqaga chiqishini maʼlum qiladi. 

 

Firibgarning, yaʼni “o‘z rahbarini” gaplariga ishongan xodim bir necha daqiqadan so‘ng u bilan aloqaga chiqqan shaxsga (go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili) so‘ragan barcha maʼlumotlarini berib yuboradi. Buning oqibatida firibgarlar tuzog‘iga ilingan ishchi-xizmatchilar plastik kartalaridagi pul mablag‘laridan ayrilib qolmoqdalar. 

 

“Ogoh bo‘ling, shu turdagi kelgan SMS yoki boshqa xabarlarni qabul qilish va ishonishdan oldin telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib yoki shaxsan xabar yuborgan shaxsga aloqaga chiqib, xabarni qayta tekshirib ko‘ring!”, deyiladi xabarda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Internetda firibgarlikning yangi turi paydo bo‘ldi | Zamon.uz