“Lokomotiv” - “Bunyodkor” uchrashuvi vaqtincha to‘xtatildi
Bunga IIB xodimlari va PFL rasmiysi o‘rtasidagi nizo sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 19 oktyabr kuni Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan “Do‘stlik” stadionida bo‘lib o‘tgan “Lokomotiv” — “Bunyodkor” uchrashuvida jamoat tartibini saqlash uchun jalb etilgan hududiy IIB xodimlari va PFL rasmiysi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Hozirda mazkur holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Jarayonda xodimlarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, qo‘shimcha o‘rganilmoqda.
“Yakuniy xulosaga ko‘ra, aybdorlik darajasidan kelib chiqib, kamchilikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qonuniy taʼsir choralari ko‘rilishi taʼminlanadi”, deyiladi Toshkent viloyati IIBB xabarida.







