O'zbekiston

Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi

Shuningdek, oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi arizani surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasi paytida berish tartibi joriy qilindi.

Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi

21 oktyabr kuni Prezident tomonidan bolalarga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilgan qonun [O‘RQ-978-son] imzolandi. 

 

Mazkur hujjat bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

 

Qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

 

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

Savdo, ijtimoiy ta’minot va chegara orqali tovarlar hamda transport vositalari harakati bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Ikki mamlakat yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Taqdimotda O‘zbekiston va Qatar vakillari buyuk allomalar merosi, islom ilmlari rivoji hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Fuqarolardan jami 6 500 dollar talab qilingan, holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qizning ahvoli operatsiyadan to‘rt kun o‘tib og‘irlashgan.

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Holat maktab ta’limi boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Toshkentda chiptasiz yurishga qarshi nazorat kuchaydi.