O‘zbek so‘zi ishlatilgan Qurʼon qo‘lyozmasi topildi
U 1318-yili oltin varaqqa ko‘chirilgan.

Turkiyaning Sulaymoniya kutubxonasidan topilgan qurʼon qo‘lyozmasini ayni paytda restavratsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqida Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston madaniy meros haftaligi doirasida maʼlum qilindi.
Ushbu Qurʼon 1318 yilda Oltin O‘rda xoni — O‘zbekxonga atab, oltin varaqqa ko‘chirilgan va bu Mo‘g‘ullar davridan keyin saqlab qolingan asosiy Qurʼon musʼhafi hisoblanadi. Turkiyalik professor Emek Ushenmezning taʼkidlashicha, qo‘lyozma usmoniylar hukmdori Fotih Sulton Mehmet tomonidan 1475 yilgi Qrim yurishidan o‘lja sifatida Istanbulga olib kelingan.







