Samarqandda ikki qavatli uy portladi
Oqibatda 4 kishi vafot etgan.

Hodisa bugun soat 6:30 lar atrofida tuman markazidagi Mustaqillik mahallasida, ikki qavatli uyning 2-qavatidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlashga xonadonda gaz to‘planib qolishi va xonadon egasi buni bilmagan holda chiroqni yoqishi sabab bo‘lgan.
Portlash oqibatida er-xotin hamda ularning o‘g‘li va qizi vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligini maʼlum qildi.







