Siyosat

Mirziyoyevga Tataristonning “Do‘stlik” ordeni berildi

Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mirziyoyevga Tataristonning “Do‘stlik” ordeni berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifning birinchi kunida Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixonov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekistonning Tatariston bilan o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorligini yana-da kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. So‘nggi yillarda yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasi va faol gumanitar almashinuv o‘zining amaliy natijalarini berayotgani qayd etildi. Faol muloqotlar va o‘zaro tashriflarni davom ettirish, O‘zbekiston hududida qo‘shma iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

Shuningdek, uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston rahbarini Tatariston Respublikasining davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu mukofotni Tatariston Raisi Rustam Minnixonov tantanali ravishda topshirdi. Prezident ushbu orden bilan O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun mukofotlangan.

 

Mirziyoyev Tatariston rahbariga mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildirib, so‘nggi yillarda o‘zaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishilganini qayd etdi hamda Tatariston xalqiga tilaklarini bildirdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Mirziyoyevga Tataristonning “Do‘stlik” ordeni berildi | Zamon.uz