Buxorodagi institutda yong‘in yuz berdi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Maʼlum qilinishicha, Buxoro muhandislik-texnologiyalar institutiga qarashli qo‘shimcha binoning 20 kvadrat metr maydonida devorlarning ichki qoplamalari yongan.
Voqea joyiga yong‘in qutqaruv avtoekipajlari 13:43 da yetib borib, soat 13:48 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.







