Oliy maʼlumotli migrantlar soni ochiqlandi
Bu borada Hindiston yetakchilik qilmoqda.

Chet eldagi yaxshiroq imkoniyatlar yuzasidan baʼzilar o‘z mamlakatini tark etishni afzal ko‘rmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, 2015/2016 yilda tashkilotga aʼzo mamlakatlarda 40 millionga yaqin oliy maʼlumotli migrantlar yashagan.
Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, Xitoy va Hindiston eng ko‘p o‘qimishli migrantlarini chet elga jo‘natgan davlatlar hisoblanadi. Biroq, ulardagi aholi soni bilan solishtirganda, bu raqamlar nisbatan past. Filippin, Polsha, meksika va Rossiyaning ko‘rsatkichlari esa ular juda ko‘p o‘qimishli aholisini yo‘qotayotganini ko‘rsatadi.
Filippin dunyoni sog‘liqni saqlash mutaxassislari bilan taʼminlashi hammaga maʼlum. 2015-16 yil holatiga ko‘ra, yuqori malakali filippinliklarning 14,3 foizi boshqa mamlakatlarga ketgan. Bu ko‘rsatkich rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda yana-da yuqori. Karib havzasidagi Gayana davlatida oliy maʼlumotlilarning deyarli 71 foizi mamlakatdan chiqib ketgan, Trinidad va Tobagoda bu ko‘rsatkich 66 foiz bo‘lsa, Mavrikiyda 63 foizni tashkil etadi.







