O'zbekiston

Prezident EXHT DIIHB missiyasi rahbarini qabul qildi

DIIHB vakili O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Prezident EXHT DIIHB missiyasi rahbarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-oktyabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (EXHT DIIHB) parlament saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Duglas Ueykni qabul qildi.

 

Uchrashuvda mamlakatimizda bo‘lajak parlament sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

 

O‘zbekiston bilan EXHT va uning institutlari o‘rtasida ochiq va samarali muloqot o‘rnatilgani, xususan, byuro bilan unumli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Bo‘lajak parlament sayloviga tayyorgarlik ko‘rish doirasida DIIHB kuzatuvchilari missiyasi faol ishlayotgani yuqori baholandi. Byuro ekspertlari milliy saylov tizimini takomillashtirish jarayonida ishtirok etdilar. Ular bildirgan tavsiya va takliflarning aksariyati inobatga olinib, mamlakatimiz qonunchiligiga tatbiq etildi.

 

DIIHB vakili missiya faoliyatiga ko‘rsatilayotgan eʼtibor uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

 

Bu galgi saylov ilk bor yangilangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining parlament va mahalliy vakillik organlarining rolini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qoidalari asosida aralash saylov tizimi bo‘yicha o‘tkazilayotgani alohida taʼkidlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident EXHT DIIHB missiyasi rahbarini qabul qildi | Zamon.uz