Toshkentda Lacetti 2 piyodani urib yubordi
Holat yuzasidan shahar IIBB maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 23 oktyabr kuni soat 22:10 larda Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi M.A. Lacetti rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 2 nafar piyodalarni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyodalar — 2004 yilda tug‘ilgan A.D. va xuddi shu yilda tug‘ilgan J.M.lar tan jarohat olgan va shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







