Nvidia Apple‘ni ortda qoldirdi
U shu tariqa dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi.

Kecha Nvidia aksiyalari narxi 3,53 trillion dollarga yetdi, Apple aksiyalari esa 3,52 trillion dollarga baholandi. Bu haqida Reuters nashri xabar bermoqda.
Keyinroq Nvidia qimmatli qog‘ozlarining narxi pasayib ketdi, kompaniya yana Apple‘ga yutqazdi.
Agentlikning yozishicha, Nvidia qiymatining oshishiga sunʼiy intellekt bilan ishlash uchun chiplarga o‘ta katta talab sabab bo‘lmoqda. Nvidia chiplarini Microsoft, Google, Amazon va boshqa yirik IT kompaniyalari sotib olmoqda.







