O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi tayinlandi
Ushbu lavozimga Oybek Usmonov qo‘yilgan.

Oybek Usmonov O‘zbekistonning Afg‘onistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqida O‘zA axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Usmonov Kobulga tayinlanishidan oldin Misr va Pokistondagi elchi, 2011-2012 yillarda esa O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.







