Salomatlik

Dunyoda tuberkulyozga chalinish holatlari keskin oshdi

JSST kasallik bo‘yicha yangi hisobotni eʼlon qildi.

Dunyoda tuberkulyozga chalinish holatlari keskin oshdi

Unda qayd etilishicha, 2023 yili ushbu xastalik dunyo bo‘yicha 8,2 million kishida aniqlangan. Xavotirli jihati, bu 2022 yilga nisbatan 0,7 millionta ko‘p va 1995 yildan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

 

“2023 yilda sil yuqumli kasalliklardan o‘lim holatlarining asosiy omiliga aylanib, bu borada COVID-19 ni ortda qoldirdi, — deyiladi hisobotda. — O‘tgan yili tuburkulyoz oqibatida 1,25 million kishi hayotdan ko‘z yumgan va bu ko‘rsatkich undan avvalgi yilga nisbatan biroz kamaygan bo‘lsa-da, bemorlar soni taxminan 10,8 million nafarga oshgan".

 

Eng ko‘p kasallanish holatlari Hindiston (26 foiz), Indoneziya (10 foiz), Xitoy (6,8 foiz), Filippin (6,8 foiz) va Pokiston (6,3 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

JSST xulosasiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab tuberkulyozning dorilarga chidamli turlari keng tarqalishi “inqiroz omili”dir. O‘z navbatida, tashkilot mazkur yuqumli kasallikning rivojlanish xavfini oshiradigan besh asosiy omilni keltirib o‘tdi.

 

Bular — to‘yib ovqatlanmaslik, OIV infeksiyasi, spirtli ichimliklar asoratlari bilan bog‘liq kasalliklar, chekish va qandli diabet.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda tuberkulyozni davolash samaradorligi keyingi yillarda 90 foizga yetkazildi va bu JSSTning xastalikni tugatish strategiyasi maqsadlariga mosdir.

 

Shuningdek, Prezident va Hukumat qarorlarida belgilangan chora-tadbirlar tufayli so‘nggi yillarda yurtimizda tuberkulyoz bilan kasallanish darajasi 1,5-2 barobar, o‘lim holatlari 6-8 barobar kamaydi. Bu — dunyoning juda kam sonli davlatlari erishgan ko‘rsatkich.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Dunyoda tuberkulyozga chalinish holatlari keskin oshdi | Zamon.uz