O'zbekiston

Prezident Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Suhbatda taʼlim va gumanitar almashinuvni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Prezident Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Rossiya delegatsiyasi tarkibida uchrashuvda vazirlar Aleksey Chekunkov va Sergey Kravsov ham qatnashdi.

 

Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali munosabatlarini yana-da kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv avvalida Dmitriy Chernishenko davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Hukumat Raisi Mixail Mishustinning salomini yetkazdi.

 

Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi taʼlim va gumanitar almashinuvni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Jumladan, Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari faoliyati va O‘zbekistonda ularning yangi filiallarini ochish, yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

 

Mamlakatimiz hududlarining Rossiyaning Uzoq Sharqdagi hududlari bilan amaliy hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish muhimligi taʼkidlandi.

 

Tomonlar o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish, qo‘shma madaniy va sport tadbirlarini o‘tkazishdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident Rossiya delegatsiyasini qabul qildi | Zamon.uz