O‘quvchilarni kaltaklagan direktor ishdan olindi
Holat bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berildi.

Avvalroq Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi 38-umumtaʼlim maktab direktori bolalarni ayovsiz kaltaklagani haqida xabar qilingandi.
Shundan so‘ng maktab direktori ishdan olindi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 30 oktyabr kuni 14:30 da maktab sinfxonasida sodir bo‘lib, unda pirotexnika vositalaridan foydalangan bir guruh o‘quvchi-yoshlarni tartibga chaqirish jarayonidagi direktor M.M.ning xatti-harakatlari tasvirga olingan.
Maktab rahbari M.M. o‘quvchilarga nisbatan pedagogik etika qoidalari doirasida munosabatda bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilib, hozirda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.







