Chirchiqda yigit layk uchun otasini urmoqchi bo‘ldi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqda bir yigitning 100 mingta layk uchun otasini urishini aytgani aks etgan video tarqaldi.
Aniqlanishicha, video joriy yilning 1 noyabr kuni tasvirga olingan. U.S ismli yigit videoni hazil tariqasida olganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat boshqa takrorlanmaydi.
Yigit videoni TikTok platformasiga joylashi, agar 200 ming layk yig‘sa, otasini qariyalar uyiga yuborishini va o‘zining bu so‘zlariga javob berishini ham aytgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokama va tanqidlarga sabab bo‘lganidan so‘ng, yigit uzr so‘rab chiqdi va videoni o‘chirib tashladi.
IIBB xabariga ko‘ra, holat nazoratga olingan, natijasi bo‘yicha axborot beriladi.







