“Do‘stlik” chegara bojxona posti vaqtincha yopiladi
Bunga texnik taʼmirlash ishlari sabab bo‘lgan.

Ertaga, 6 noyabr kuni Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara bojxona posti harakatlanuvchi tashuvchilar va haydovchilar uchun yopiladi. Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qirg‘iz Respublikasining “Dostuk” chegara bojxona postida axborot tizimlarida texnik taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan mazkur postga tutash Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali 2024 yil 6 noyabr kuni yuk va yengil avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi.
“Yengil avtotransport vositalari Andijondagi “Xonobod” chegara bojxona posti orqali, yuk avtotransport vositalari esa Namangandagi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti orqali harakatlanishi mumkin. Piyodalar esa bemalol o‘taveradi”, deyiladi xabarda.







