O'zbekiston

“Haqiqiy aybdorni jazolash uchun sudyalarimizda qatʼiyat yetishmayapti”

Oliy sud raisi sudyalarning malakasi hali talab darajasida emasligini aytdi.

“Haqiqiy aybdorni jazolash uchun sudyalarimizda qatʼiyat yetishmayapti”

Kecha, 9 noyabr kuni Oliy sudda Baxtiyor Islomov hamda advokatlar palatasi raisi Shuhrat Sodiqov respublikada faoliyat yuritayotgan advokatlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

 

“Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov bugun advokatlar hamjamiyati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot chog‘ida ikki marta ʼhaqiqiy aybdorni jazolash uchun sudyalarimizda qatʼiyat yetishmayaptiʼ dedi. Rais bu haqda birinchi marta advokat so‘roviga javob bermagan yoki yetarlicha javob bermayotgan mansabdor shaxslarni Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-1-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortish masalasi haqida gap ketganida gapirgan bo‘lsa, qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnomalar sudlar tomonidan deyarli yoppasiga qanoatlantirilayotgani masalasi ko‘tarilganida ham shu gapni takrorladi”, deyiladi bu haqda yozgan “Advokat” jurnali va “Advokat-Press” gazetasining Telegram kanalidagi xabarda. 

 

Oliy sud raisiga ko‘ra, ko‘pincha advokat so‘roviga javob bermagan aybdor mansabdor shaxs qolib, ish yurituvchi, yordamchi kabi javob qaytarishga vakolatli bo‘lmagan xodimlar javobgarlikka tortilmoqda.

 

“Bu muammodan xabarimiz bor. Shaxsga doir maʼlumotlarni bahona qilib, advokatlarning shikoyatlari qabul qilinmayapti yoki qabul qilinsa ham ko‘p hollarda aybdor mansabdor shaxs qolib ish yurituvchi, yordamchi kabi advokat so‘roviga javob qaytarishga vakolatli bo‘lmagan xodimlar javobgarlikka tortilmoqda. Haqiqiy aybdorni jazolash uchun sudyalarimizda qatʼiyat yetishmayapti”, degan Oliy sud raisi.

 

Baxtiyor Islomov respublikada sudya kadrlarga o‘tkir ehtiyoj yo‘qligini, har yili yetarlicha sudya shtatlari ochilayotganini, biroq ularning malakasi hali talab darajasida emasligini tan olgan.

Noyabr boshida kuchli yomg‘ir yog‘adimi? O‘zgidromet xabarlarga munosabat bildirdi

Noyabr boshida kuchli yomg‘ir yog‘adimi? O‘zgidromet xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishini prognoz qilingani haqida xabarlar tarqaldi.

Qish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan yordam beriladi: kimlar olishi mumkin?

Qish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan yordam beriladi: kimlar olishi mumkin?

Yoqilg‘i-energetika sohasidagi islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

Savdo, ijtimoiy ta’minot va chegara orqali tovarlar hamda transport vositalari harakati bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Ikki mamlakat yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Taqdimotda O‘zbekiston va Qatar vakillari buyuk allomalar merosi, islom ilmlari rivoji hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Fuqarolardan jami 6 500 dollar talab qilingan, holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qizning ahvoli operatsiyadan to‘rt kun o‘tib og‘irlashgan.