O'zbekiston

Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Mamlakatda noqulay ob-havo kuzatilmoqda.

Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Migratsiya agentligi Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirdi. 

 

So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasi hududlarida ob-havoning keskin sovishi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

 

Shuningdek, yaqin haftalar davomida joylarda tuman, kuchli yomg‘ir hamda yo‘llarda muzlash holatlari Respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklarni vujudga keltirishi mumkin.

 

"Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz", deyiladi agentlik xabarida.

 

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

Savdo, ijtimoiy ta’minot va chegara orqali tovarlar hamda transport vositalari harakati bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Ikki mamlakat yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Taqdimotda O‘zbekiston va Qatar vakillari buyuk allomalar merosi, islom ilmlari rivoji hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Fuqarolardan jami 6 500 dollar talab qilingan, holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qizning ahvoli operatsiyadan to‘rt kun o‘tib og‘irlashgan.

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Holat maktab ta’limi boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Toshkentda chiptasiz yurishga qarshi nazorat kuchaydi.