O'zbekiston

Piskentda salkam 16 ming tup olxo‘ri daraxti yonib ketdi

Oqibatda 2 mlrd 808 mln so‘m moddiy zarar yetkazilgan.

Piskentda salkam 16 ming tup olxo‘ri daraxti yonib ketdi

Toshkent viloyatining Piskent tumanida 24 gektarlik intensiv bog‘ yonib ketdi. Bog‘da 16 ming tupga yaqin olxo‘ri daraxti bo‘lgan. Yong‘in avtogreyder mashinisti ehtiyotsizligi oqibatida kelib chiqqan. U jinoiy jazoga tortildi.

 

Sud hujjatida keltirilishicha, hodisa 30 may kuni sodir bo‘lgan. 1991 yilda tug‘ilgan B.A. hududdagi MCHJlardan biriga tegishli olxo‘ri bog‘i yonidagi ichki dala yo‘lida avtogreyderni boshqarib borayotganda transportning tom qismi yo‘l ustidan o‘tgan yuqori kuchlanishdagi elektr simlariga tegib ketgan. Oqibatda chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in yuzaga kelgan.

 

Yong‘inda intensiv bog‘dagi 15 984 tup olxo‘ri daraxti va tomchilatib sug‘orish tizimi nobud bo‘lgan. B.A. tomonidan jamiyatga 2 mlrd 808 mln so‘m moddiy zarar yetkazilgan.

 

B.A. sudda aybiga iqrorlik bildirib, xususiy korxonada haydovchi bo‘lib ishlashini, hodisa ish vaqtida sodir bo‘lganini maʼlum qilgan.

 

Jabrlanuvchi esa 2024 yil bahorda bog‘ga narxi 28 800 dollar bo‘lgan tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatganini, daraxtlar to‘liq hosilga kirgan yili o‘rtacha 200 000 dollar daromad keltirganini, hosilni eksport qilishi va ichki bozorga yetkazib berishini bildirgan. Shuningdek, u yetkazilgan zararni B.A. ishlagan xususiy korxonadan undirib berishni so‘ragan.

 

Sud hukmi bilan B.A. Jinoyat kodeksining 198-moddasi 1-qismida (olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish natijasida ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga ish haqidan 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Yetkazilgan 2 mlrd 808 mln so‘m mablag‘ni u ishlagan xususiy korxonadan undirish belgilangan.

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirmoqda: qator muhim bitimlar imzolandi

Savdo, ijtimoiy ta’minot va chegara orqali tovarlar hamda transport vositalari harakati bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Ikki mamlakat yetakchilari keng qamrovli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Dohada O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti o‘tkazildi

Taqdimotda O‘zbekiston va Qatar vakillari buyuk allomalar merosi, islom ilmlari rivoji hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib bordi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Litsenziyasiz Umra tashkil etish: Andijon va Farg‘onada noqonuniy holatlar fosh etildi

Fuqarolardan jami 6 500 dollar talab qilingan, holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qarshida 21 yoshli qiz operatsiyadan keyin vafot etdi: prokuratura tekshiruv boshladi

Qizning ahvoli operatsiyadan to‘rt kun o‘tib og‘irlashgan.

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi: rasmiy munosabat bildirildi

Holat maktab ta’limi boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Bir oyda 21 mingdan ortiq bayonnoma: avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlar ko‘paydi

Toshkentda chiptasiz yurishga qarshi nazorat kuchaydi.