O'zbekiston

Toshkentda “InnoWeek” haftaligiga start berildi

Haftalikning ilk kunida muhim seminar tashkil etildi.

Toshkentda “InnoWeek” haftaligiga start berildi

“InnoWeek.Uz-2024” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Nufuzli xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalaridan foydalanish va kutubxonalarning raqamli transformatsiya darajasini oshirish” mavzusida muhim seminar tashkil etildi.

 

Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining departament boshlig‘i Nodirjon Xolbutayev ochib berdi. Mazkur tadbirda mamlakatimizdagi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalari bilan ishlash bo‘yicha masʼul xodimlar va xorijiy ekspertlar ishtirok etdilar.

 

Seminar davomida turli xil platforma va resurslardan foydalanish yo‘nalishidagi imkoniyatlar keng yoritildi. Jumladan, “O‘zbekiston Milliy kutubxonasi” vakillari va xalqaro ekspertlar — Clarivate va mikro Information Handling and Distribution FZE kompaniyalari mutaxassislari o‘z maʼruzalarida ilmiy maʼlumotlar bazalaridan samarali foydalanish, ularni boshqarish va ushbu jarayonlarda raqamli texnologiyalarni qo‘llash mavzulariga to‘xtalib o‘tdilar.

 

Tadbir yakunida savol-javob formatida davra suhbati tashkil etilib, ishtirokchilarni mavzuga oid qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

 

Ushbu seminar mahalliy va xorijiy kutubxonalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga, ilmiy tadqiqotlar uchun zarur bo‘lgan axborot resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

 

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda “InnoWeek” haftaligiga start berildi | Zamon.uz