Chirchiqda ayolining opasini o‘ldirgan erkak qamaldi
Ayol turmush o‘rtog‘iga umrbod qamoq jazosi berishini so‘ragan.

Maʼlum qilinishicha, Chirchiqda 31 yoshli erkak 6 oydan buyon birga yashamayotgan ayoli ishlayotgan “Hot-dog” shoxobchasiga kelib, janjal ko‘targan. Oqibatda 3 kishiga tan jarohati yetkazgan.
Aniqlanishicha, erkak ayoli, qaynopasi va uning dugonasiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Opasi singlisini uning eridan himoya qilmoqchi bo‘lgan. Biroq pichoq sanchilishi sabab o‘zi va uning vujudidagi go‘dagi vafot etgan.
Sud majlisida ayol turmush o‘rtog‘iga umrbod qamoq jazosi berishini so‘radi.
Sud hukmiga ko‘ra, tayinlangan yengilroq jazoni og‘irroq bilan qoplash yo‘li bilan erkakka nisbatan 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.







