Toshkent viloyatida 7 kilogrammlik chaqaloq tug‘ildi
Hozirda ona va bolaning ahvoli yaxshi.

Nurafshon shahridagi tug‘uruq kompleksida vazni deyarli 7 kg bo‘lgan chaqaloq dunyoga keldi.
Shifokorlarga ko‘ra, bolaning aniq vazni 6 kilogramm 900 gramni tashkil etadi.
Hozirda onaning ham, bolaning ham ahvoli yaxshi. Bunday holat Toshkent viloyatida birinchi bor kuzatilayotgani aytilmoqda.







