Ertadan Cobalt uchun yana shartnoma ochiladi
Bu haqida “UzAuto Motors” AJ ma’lum qildi.

Ertaga, 22-noyabr kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va GX-MIDNIGHT AT avtomobillari uchun kontraktatsiya boshlanadi.
Qayd etilishicha, avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomani savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali tuzish mumkin. Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.
Ta'kidlanishicha, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim.







