Samarqandda yashirin sexlar fosh bo‘ldi
U yerda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarilgan.

Narpay va Payariq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar A.Sh. va I.J. “Muqimiy” va “Ko‘paki” MFY hududlarida yashirin sex tashkil etib, yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlangan. Jami 145 litr isteʼmolga yaroqsiz yog‘, 3,7 tonna chigit va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







