O'zbekiston

Prezident Toshkentdagi yangi bog‘ga ko‘chat ekdi

“Har bir xonadon, har bir korxona tabiatni asrashga hissa qo‘shishi kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Toshkentdagi yangi bog‘ga ko‘chat ekdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi boqqa ko‘chat ekdi.

 

Bugungi asrga kelib tabiat sofligi eng dolzarb masalaga aylandi. Havo va suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, cho‘llanish, global isish tabiiy muvozanatga va odamlar sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqda. Yurtimizda bu oldindan anglanib, atrof-muhitni asrash choralari ko‘rilmoqda.

 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bundan uch yil avval boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi chinakam xalq harakatiga aylandi. Har yili bahor va kuzda daraxt ko‘chatlari ekish anʼanasi jonlandi.

 

Prezidentimizning o‘zi bunda doimo o‘rnak. Avvalgi yillarda Yangi Toshkent, Sergeli, Chilonzor tumanlarida ko‘chatlar ekkan edi. Bu yil poytaxtimizning Bektemir tumanida, Toshkent halqa yo‘li bo‘yida yashil hududga asos solindi.

 

Buning uchun 100 gektar yer ajratilgan bo‘lib, ikki yilda jami 100 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi. Ularni parvarishlash uchun 3 ta sunʼiy suv xavzasi va 12 ta quduq barpo etildi.

 

Maʼlumki, “Yashil makon” loyihasida shaharlar yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, xususan, ularning atrofida “yashil belbog‘” yaratish maqsadi belgilangan. Halqa yo‘li bo‘yidagi bu hudud Toshkent “yashil belbog‘”ining bir qismi bo‘ladi. Yana bir eʼtiborli tomoni, bu yerda tabiiy o‘rmon shakli hosil qilinadi.

 

Davlatimiz rahbari jamoatchilik vakillari va chet ellik diplomatlar bilan suhbatlashdi, ushbu xayrli tashabbusga hissa qo‘shayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

 

- Bu anʼana o‘zi bizda bor. Xalqimiz tabiatni “ona” deydi, yerni, suvni eʼzozlaydi. Buning zamiridagi haqiqat hozirgi ekologik muammolar taʼsirida yaqqol namoyon bo‘layapti. Shuning uchun “Yashil makon” loyihasini boshladik. Kelgusi yil nomini ham atrof-muhitni asrash masalasiga bag‘ishladik. Endi bu tashabbuslar keng yoyilishi, ayniqsa, yoshlarimizga chuqur singishi zarur. Har bir xonadon, har bir korxona tabiatni asrashga hissa qo‘shishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Tadbirni videoaloqa orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar jamoatchiligi ham kuzatdi. U yerlarda ham ko‘chatlar ekildi. Ushbu kuzgi mavsumda “Yashil makon” loyihasi doirasida 80 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

 

Bahorda 138 million dona ko‘chat ekilgan edi. Vazirlik va hokimliklar 257 ta bog‘ barpo qilgan.  Yirik sanoat korxonalari va chiqindi poligonlari atrofiga ham daraxtlar ekilib, “yashil belbog‘”lar tashkil qilinmoqda. 

 

Avtomobil va temir yo‘llari, daryo va kanallarga tutash yerlar daraxt ekish uchun qariyb 10 ming aholi va tadbirkorga ijara shartnomasi asosida ajratib berildi. “Mening bog‘im” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan 215 ta loyiha bo‘yicha bosqichma-bosqich ekish ishlari boshlandi.

 

Umuman, oxirgi 3 yilda mamlakatimiz bo‘yicha jami 646 million tup ko‘chat va butalar ekilgan. Orolbo‘yida yashil qoplama 2 million gektardan oshgan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident Toshkentdagi yangi bog‘ga ko‘chat ekdi | Zamon.uz