Farg‘onada “valyutafurushlar” ushlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.A. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) fuqaro M.X.ga jami 3 700 AQSH dollarini 47,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro K.R. fuqaro K.Shga 3 500 AQSH dollarini 44,9 mln so‘mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







