Lifestyle

Germaniyada bitta sigir 4 ta buzoq tug‘di

Hozirda ularning holati yaxshi ekani aytilmoqda.

Germaniyada bitta sigir 4 ta buzoq tug‘di

Germaniya shimolidagi Shyonkirxen shaharchasi yaqinida joylashgan fermadagi Astrologinya laqabli sigir naq to‘rtta buzoq tug‘di.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, to‘rtta buzoq tug‘ilishi 11 millionta holatda 1 marta yuz beradi. Shunda ham sigir yoki buzoqlar nobud bo‘lishi mumkin, biroq ushbu holatda hammasi joyida — sigir va buzoqlari soppa-sog‘.

 

Fermer Kristian Shlyuter buzoqchalarga Edvard, Yudjin, Elizabet va Eylin deya nom qo‘ydi.