O'zbekiston

Surxondaryoda erta turmushni targ‘ib qilgan bloger jazolandi

U erta nikoh holatini ijobiy sharhlab, haqiqatga zid video tayyorlagan.

Surxondaryoda erta turmushni targ‘ib qilgan bloger jazolandi

Ijtimoiy tarmoqda “Surxondaryoda 2008 yilda tug‘ilgan qizning 2 nafar farzandi bor” sarlavhasi ostida video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Aniqlanishicha, joriy yilning 21 noyabr kuni blogerlik bilan shug‘ullanuvchi J.N. va S.R. lar o‘zaro kelishgan holda o‘zlarini 15 va 17 yoshdagi voyaga yetmagan ota-ona deb ko‘rsatib videorolikda ishtirok etishgan. Ularning sherigi A.Sh. esa video davomida erta nikoh holatini ijobiy sharhlab, haqiqatga zid vaziyat aks etgan mazkur videoni o‘z Instagram sahifasiga joylagan.

 

Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, erta nikohni targ‘ib qilish mazmunidagi mazkur holat bo‘yicha bloger A.Sh.ning xatti-harakatlariga baho berish maqsadida ish hujjatlari tuman IIB tomonidan joriy yil 25 noyabr kuni JIB Termiz shahar sudiga yuborilgan.

 

Sud tomonidan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqilib, A.Sh.ga nisbatan MJtKning 202-2 moddasi 1 qismi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan BHMning 4 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

 

J.N. va A.Sh. lar esa bunday nomaqbul harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ogohlantirilgan.

 

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.