O'zbekiston

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Malika” savdo majmuasi hududida erkakning avtomobilga urilib, qochishda davom etgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan izoh berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 19-oktabr kuni soat 15:10 atrofida Shayxontohur tumanidagi “Malika” savdo majmuasi hududida sodir bo‘lgan. Tezkor boshqaruv markazidan qidiruvda bo‘lgan shaxs shu yerda ekanligi haqida xabar kelib tushgan.

 

Xodimlar shaxsni aniqlab, uni ushlashga uringan. Biroq erkak qochishga harakat qilgan va harakatlanayotgan vaqtida BYD avtomobiliga urilgan. Shunga qaramay, u qochishda davom etgan. Ichki ishlar xodimlari tezkor harakatlari natijasida uni ushlab, tegishli bo‘limga olib borgan.

 

Qayd etilishicha, fuqaro bir necha bor tergov harakatlariga chaqirilgan, biroq kelmagani sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan va majburiy keltirish belgilangan. Hozirda unga nisbatan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Qo‘lga olingan erkak o‘z harakatidan pushaymonligini bildirib, tergov jarayonlarida qatnashish uchun chaqirilganida vaqtida borishi kerak bo‘lganini aytgan. Shuningdek, qonun oldida javob berishga tayyorligini bildirgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

Qo‘lga olish jarayonida ular tezkor xodimlarga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringan.

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsadini bildirdi.

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Georama” nashriyoti asoschisi va “Euronews” muxbiri O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolari bo‘ldi.

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Ularda tug‘ilgan kun marosimidan qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganidan so‘ng zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

Ikki fuqaro narkolaboratoriya tashkil qilib, sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan.

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

O‘zbekistonda nikohlar soni ketma-ket to‘rt yildan beri kamaymoqda.