O'zbekiston

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” metro bekatida yo‘lovchilar tirbandligi yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi. “Toshkent metropoliteni” AJ mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, hodisa 20-oktabr kuni taxminan soat 17:43 da kuzatilgan. Bekatga ikki poyezdning bir vaqtning o‘zida kelishi yo‘lovchilar oqimining vaqtincha ortishiga sabab bo‘lgan. Metropoliten ma’muriyati bunday holatlar yo‘lovchilar ko‘p bo‘ladigan tig‘iz vaqtlarda kuzatilishini va oqim bir necha daqiqada me’yorlashishini ma’lum qilgan.

 

Ayni paytda Toshkent metropolitenida kunlik yo‘lovchilar oqimi 1,2 million nafardan oshib borayotgani sabab bekatlarda to‘planishlarni kamaytirish maqsadida poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.

 

Unga ko‘ra, poyezdlar harakati intervallari quyidagicha belgilanishi rejalashtirilgan:

  • Chilonzor yo‘nalishida — 1,5–2 daqiqa;

  • O‘zbekiston yo‘nalishida — 3 daqiqa;

  • Yunusobod yo‘nalishida — 4 daqiqa;

  • Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida — 7–8 daqiqa.

 

Metropoliten ma’muriyati yo‘lovchilar oqimini boshqarish, poyezdlar harakati barqarorligini ta’minlash hamda qulay va xavfsiz transport xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini bildirgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

Qo‘lga olish jarayonida ular tezkor xodimlarga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringan.

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsadini bildirdi.

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Georama” nashriyoti asoschisi va “Euronews” muxbiri O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolari bo‘ldi.

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Ularda tug‘ilgan kun marosimidan qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganidan so‘ng zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

Ikki fuqaro narkolaboratoriya tashkil qilib, sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan.

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

O‘zbekistonda nikohlar soni ketma-ket to‘rt yildan beri kamaymoqda.